
Sarri David Luizni "qayta jonlantirmoqchi"
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaning braziliyalik himoyachisi David Luizning harakatlaridan ko‘ngli to‘layotgani haqida aytib o‘tdi.
“Men Luizdan va uning ishga bo‘lgan munosabatidan to‘liq qoniqyapman. Agar u meni va mening g‘oyalarimni qo‘llab-quvvatlasa, ishonamanki u yana jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanadi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, David Luiz o‘tgan mavsum jamoaning avvalgi murabbiyi Antonio Konte bilan kelib chiqqan mojaro sabab asosan zaxira futbolchisiga aylanib qolgan edi.
Fikrlar