
Sanjar Fayziev chorak finalda
Tailandning Nontaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan erkaklar o‘rtasida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda.
Unda mamlakatimiz sharafini Sanjar Fayziev munosib himoya qilmoqda. Sanjar musobaqaning ikkinchi davrasida hindistonlik Karunuday Singhga qarshi kortga chiqdi va har ikkala setda 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi S.Fayziev chorak finalda tailandlik Pruchya Isaroga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar