
Sancho Bundesligada Podolskining rekordini yangiladi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesliganing 23-turi doirasida “Bayer”ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Bu esa uning Bundesligadagi 9-goli bo‘ldi. U shularning 8tasini joriy mavsumda kiritdi. E’tiborlisi, 18 yoshli angliyalik futbolchi shu tariqa Bundesligada 9ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi va bu borada Lukas Podolskining rekordini yangiladi.
Fikrlar