
Samarqand sambo bo‘yicha ochiq turnirga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 23-25 fevral kunlari Samarqandda sambo va jangovar sambo bo‘yicha birinchi jahon chempioni “Eldor Gulyamov” sovrini uchun musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Ochiq turnirda kattalar hamda 2005-2006, 2007-2008 yillarda tug‘ilgan yoshlar ishtirok etadi.
Jangovar sambo bo‘yicha sportchilar quyidagi vazn toifalarida kurash olib borishadi: 52, 57, 62, 68, 74, 82, 90, 100 va +100 kg.
2005-2006 yillarda tug‘ilgan yoshlar: 26, 29, 32, 35, 38, 41, 44, 47, 50 va +50 kg.
2007-2008 yillarda tug‘ilgan yoshlar: 20, 23, 26, 29, 32, 35, 38, 41, 44 va +44 kg.
Bellashuvlar 24 fevral kuni start oladi.
Fikrlar