
Sabina Sharipova sloveniyalik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Hindistonning Munbay shahrida ayollar o‘rtasida "L&T Mumbai Open" turniri davom etioqda.
Sovrin jamg‘armasi 125,000 AQSh dollari bo‘lgan mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova yakkalik bahslarida himoya qilmoqda.
Yurtimizning eng kuchli ayol tennischisi bo‘lgan Sabina ushbu turnirning ilk davrasida yaponiyalik Misaki Doiga qarshi kortga chiqdi va raqibasidan 6:1, 7:6 hisobida ustun kelib, ikkinchi davra o‘yinlariga yo‘l oldi.
Bu bosqichda Sharipova sloveniyalik Dalila Yakupovichga qarshi kortga chiqadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat tahminan 16:45 da start oladi.
Fikrlar