
Sabina Sharipova mag‘lub bo‘lgan turnirda Olga g‘alaba qozondi
Rossiyalik tennischi Olga Doroshina Shenchjenda o‘tayotgan ITF turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Olga musobaqaning birinchi davrasida mezbonlar vakili Yin-Yin Duanga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 1:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Doroshina ikkinchi davrada kanadalik Kerol Jaoga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischis Sabina Sharipova ishtirok etib, ilk davrada mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar