Ro‘ziqul Berdiev: "So‘g‘diyona" har yilgidan ham hujumkor futbol ko‘rcatmoqda

  • 1 avgust, 2018, 23:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘yindan so‘ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va o‘yinning eng yaxshi futbolchi deb topilgan Islom Kenjaboevlar ishtirok etdi.

Tecno

"Bugungi o‘yinni birgina xato xal qildi. Raqibimiz xato qildi va biz undan unumli foydalandik. Yigitlar 90 daqiqa davomida e’tibor bilan o‘ynashdi, sababi raqiblarni o‘rganish davomida “So‘g‘diyona” har yilgidan xujumkor futbolni namoyish etmoqda.

Shuning uchun bugungi bahsda biz bexato xarakat qilishimiz kerak edi va o‘ylashimcha buni udaladik. Bahs davomida yigitlar bor kuchlari va e’tiborlari bilan harakat qilishdi. Shuning uchun ham g‘alaba qozondik", - deb aytib o‘tdi Berdiev.

Islom Kenjaboev: O‘tgan turdagi xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarib bugun faqat g‘alaba uchun kurashdik. Jamoaviy o‘yin namoyish etdik va yanada kuchli o‘ynadik.Shuning evaziga g‘alaba qozondik. Maqsadimiz keyingi o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!