
Ro‘ziqul Berdiev: Chempionlarimiz bizga ertangi o‘yinda yordam bera olishadi
Xabaringiz bor, ertaga, 30 yanvar kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda OChL-2018 pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Al Faysali” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, undu dastlab “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi:
– Birinchi navbatda barcha yurtdoshlarimizni yoshlarimizning tarixiy g‘alabasi bilan tabriklayman. Ular o‘zbek futbolida yangi avlod etishib kelayotganini isbotlashi.
Kelayotgan yangi mavsum bilan barchani qutlayman. Mavsumdagi ilk o‘yin biz uchun doim finalga teng o‘tadi. Guruh bosqichiga yo‘llanmani olishni juda xohlaymiz.
Tayyorgarlikka keladigan bo‘lsak, biz yig‘inni dekabrda boshladik va Turkiyada davom ettirdik. U erda bir qator uchrashuvlarda maydonga tushdik, umid qilamanki, yigitlar o‘zlarini eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatib vazifani uddalaydi.
Yoshlar terma jamoamiz tarkibidagilar ham bugun bizga kelib qo‘shiladi va ular ertangi o‘yinda jamoaga yordam bera oladi, -deydi “Nasaf” ustozi.
Maqsud Karimov: – Avvalambor, yoshlarimizning tarixiy g‘alabasi bilan barchani tabriklayman, ushbu futbol bayramini ertangi o‘yinda davom ettirishga harakat qilamiz. “Nasaf”ning nafaqat Qashqadaryoda balki, butun O‘zbekistonda muxlislari bor, ertaga biz ularni xursand qilish maqsadida maydonga tushamiz, -deydi “ajdarlar” etakchisi.
Fikrlar