
Rossiya kubogi. Galiulin final uchun kechadigan o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi
Birozdan so‘ng Rossiya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Moskvaning “Spartak” hamda hamyurtimiz Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan “Tosno” jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi.
Har ikkala jamoa ustozlari ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomini ma’lum qilishdi. E’tiborlisi, Galiulin ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan bo‘ldi.
«Tosno»: Yurchenko, Chernov, Dugalich, Buyvolov, Margasov, Poletanovich, Galiulin, Mirzov, Jigulyov, Nunu Rosha, Pogrebnyak.
Mazkur qarama-qarshilikda g‘olib chiqqan jamoa esa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Fikrlar