
Rossiya. “O‘zbek derbisi”da Denisovning jamoasi Galiulinning klubidan ustun keldi
Hozirgina Rossiya Premer-Ligasi 20-turidan o‘rin olgan “Tosno” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Yaxshi bilasiz, “Tosno” tarkibida hamyurtimiz Vagiz Galiulin, “Loko” safida esa Vitaliy Denisov faoliyat olib boradi.
Shu bois, o‘ziga xos “o‘zbek derbisi” maqomida kechgan qarama-qarshilikda “temiryo‘lchilar” 3:1 hisobida g‘alabaga erishdilar va turnir jadvalida etakchilik qilishda davom etadigan bo‘lishdi.
Galiulin o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa o‘ynadi. Denisov esa zahirada qoldirildi.
Rossiya Premer-Ligasi. 20-tur
Tosno – Lokomotiv 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 19 Farfan, 0:2 – 54 Eder, 1:2 – 69 Truyich, 1:3 – 73 Farfan.
Tosno – Yurchenko, Chernov, Dugalich, Buyvolov, Galiulin, Karnitskiy, Truyich, Palienko (Nunu Rosha, 58), Muxametshin (Melkadze, 66), Mirzov, Markov.
Lokomotiv – Kochenkov, Ignatev, Peychinovich, Kverkveliya, Kolomeytsev (Rotenberg, 90), Denisov, Miranchuk, Fernandesh (Miranchuk, 81), Farfan, Lysov, Eder (Tarasov, 66).
Ogohlantirishlar: Ignatev (33), Palienko (44), Dugalich (73), Kochenkov (87).
Fikrlar