
Ronaldo: Tite terma jamoada qolishi kerak
Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Ronaldoning fikricha kecha Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyatga qaramay Tite “pentakampionlar” boshqaruvida qolishi va o‘z ishini davom ettirishi kerak.
“Braziliya terma jamoasi uchun hozir ham texnik jihatdan, ham siyosiy jihatdan hal qiluvchi palla.
Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundialda yarim finalda mag‘lub bo‘lgan edik. Bu erda esa chorak finalda yutqazdik. Biroq, bu alamli emas. Biz kelajakda terma jamoadan yanada yuqoriroq natijalarni kutib qolamiz.
Endi biz tezroq yangi rejalarni tuzishimiz kerak. Chunki, yaxshi o‘ynaganimizga qaramay natija daxshatli bo‘ldi.
Men Tite o‘z lavozimida qolishi kerak deb o‘ylayman. U ajoyib inson va yaxshi ish olib bormoqda. U o‘z ishini davom ettirishi shart”, - deydi Ronaldo.
Fikrlar