
“Roma” Argentina terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma tuzdi
Rimning “Roma” klubi Lissabonning “Sporting” klubi himoyachisi Xonatan Silvani o‘z safiga qo‘shib olganligini e’lon qildi. Rimliklar argentinalik futbolchini sotib olish sharti bilan mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishdi.
23 yoshli Silva “Estudiantes” jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi va 2014 yildan buyon “Sporting”da to‘p suradi. 2016/17 yilgi mavsumda esa u ijara asosida “Boka Xuniors”da to‘p surdi. U Argentina terma jamoasi safida ham ikkita uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi.
Bu mavsum esa Portugaliya chempionatida 6 bahsda maydonga tushdi.
Fikrlar