
Robert Levandovski: Polsha termasidan JCh-2018da ko‘p narsa kutishmoqda
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski jahon chempoinati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Muxlislar men va terma jamoadan ko‘p narsa ko‘tayotganliklari ayni haqiqat. Polshaliklar hech qachon ishonchni yo‘qotishmaydi va har doim termani qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga ko‘p narsa so‘rashadi. Biz bunga tayyormiz. Bosimni his qilyapsizmi? Bosim bo‘lgan va bo‘laveradi, ammo biz buni to‘g‘rilay olamiz. A reja ish bermasa, B rejaga o‘tamiz, - deydi Levandovski.
- Turnirda o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishni istayman. Jamoaga individual harakatlarim va gollarim bilan yordam bermoqchiman. Biz iloji boricha uzoqroq bormoqchimiz. Bu mening oldimda turgan birinchi darajali vazifadir.
Fikrlar