
“Real”ning barcha futbolchilari Neymarning kelishini ma’qullamoqda, faqat 2 tasidan tashqari
Madridning “Real” klubi a’zolari PSJ forvardi Neymarning jamoaga kelishini qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Biroq, “qirollik klubi”ning ikki futbolchisi - Toni Kroos va Marko Asensio braziliyalik futbolchining Madridga ko‘chib o‘tishini istamayapti. Germaniyalik futbolchi Neymarning takabburligi jamoa ichidagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb hisoblayotgan bo‘lsa, Asensio o‘ziga yana bir raqobatchi kelishidan va yangi mavsumda zaxirada qolib ketishdan xavfsiramoqda.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarning transferini 300 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar