“Real”ning 18 yoshli hujumchisi Vinisius baland dorga osilmoqda

  • 12 yanvar, 2019, 06:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior libosidagi raqamini almashtirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi Garet Beylga tegishli 11-raqamni ko‘zlamoqda. Braziliyalik yosh iqtidorning amaldagi raqami – 28.

Vinisius Junior o‘tgan yilning yozida “Flamengo”dan 61 million evro evaziga “Real” safisha kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatining 7 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta golga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Vinisius Juniorning madridliklar bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mzljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!