
“Real” futbolchisi Pikedan kechirim so‘radi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal “Barselona” futbolchisi Jerar Pikedan kechirim so‘radi.
Gap shundaki, “qaymoqranglilar” Ispaniya chempionatida zafar quchgandan keyin Karvaxal Madrid ko‘chalari bo‘ylab sayog‘at davomida qo‘lini baland ko‘tarib shunday baqirgan: “Pike, yaramas, chempionni tabrikla!”
Karvaxal Pike sms yozib, undan kechirim so‘ragan. Pike o‘zi Ispaniya terma jamoasidagi hamkasbining uzrini qabul qilgan.
Fikrlar