
"Real" futbolchilari Beyldan nega norozi?
"Real" Madrid vingeri Garet Beyl borasida “qirollik klubi”da noroziliklar ko‘paymoqda.
El Chiringuito tarqatgan xabarga ko‘ra “Real”ning ayrim futbolchilari mushaklaridan jarohatlangan 29 yoshli uelslik futbolchini “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaganidan norozi bo‘lishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra jamoaning ko‘pchilik futbolchilari jarohatlari mavjudligiga qaramay muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilishmoqda. Ammo, Beyl bunday qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, “Real” La Liganing o‘tgan turida o‘z maydonida “Real Sosedad”ga imkoniyatni boy bergach musobaqa jadvalida 5-o‘ringa tushib ketdi.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum madridliklar safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar