
"Real" Oblakni dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylantirmoqchi
Madridning “Real” klubi darvozabonlar borasida dunyoning eng qimmat transferini amalga oshirishga tayyor. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “qirollik klubi” hamshahari “Atletiko” posboni Yan Oblakni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagan. Buning uchun “Real” 25 yoshli sloveniyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan 100 mln evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Oblak yakunlangan mavsum “matraschilar” safida jami 49ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 28ta to‘p olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Real" "Roma" darvozaboni Alissonga ham taklif yuborgan edi.
Fikrlar