
"Real" Modrichning jamoada qolishiga sha’ma qildi (FOTO)
Madridning “Real” klubi xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrichning joriy transferlar davrida jamoadan ketmasligiga sha’ma qildi.
Aniqrog‘i, “qirollik klubi” rasmiy tvitteri aynan 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining surati bilan jamoaning yangi mavsum uchun tayyorlangan 3-libosi sotuvi boshlanganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrich tez orada "Inter"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar