
"Real" Kazemiroga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi
Madridning “Real” klubi yozda PSJga o‘tishi aytilayotgan yarim himoyachi Kazemironing o‘rniga munosib futbolchi topib qo‘ydi.
Xabarlarga qaraganda “qirollik klubi” rahbariyati braziliyalik futbolchi o‘rniga yozda “Liverpul” bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylanadigan Emre Janni olib kelmoqchi. Aytish lozimki, 26 yoshli germaniyalik futbolchi uchun shuningdek Turinning “Yuventus” klubi ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Jan bu mavsum APLda jami 26ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar