
"Real" EChLDa ketma-ket 3-marta g‘olib chiqdi
Bugun EChLda final bahsi bo‘lib o‘tdi. Bosh sovrin uchun Ispaniyaning “Real” hamda Angliyaning “Liverpul” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.
Klublar miqyosidagi eng kuchli turnirning hal qiluvchi o‘yinidan SPORTS.uz internet axborot portali matnli translyatsiya amalga oshirdi.
90+3 O‘yin yakunlandi. "Real" EChLda ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqdi!
90' Uchrashuvga 3 daqiqa qo‘shib berldi
89' Zidan Benzemani maydondan oldi va uning o‘rniga Asensioni tushirdi
86' "Real" shoshmayapti, bu tabiiy
83' Milner o‘rniga Emre Jan maydonga tushdi
83' Goool! Beeeyl! Garet uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Kariusdan navbatdagi xatolik va 3:1
83' Sado Manega bosh hakam Milorad Majich sariq kartochka ko‘rsatdi
81' Beyl tomonidan o‘ng qanotdan uzatib berilgan to‘pni Benzema to‘xtatmasdan tepdi va Kariusdan ajoyib seyv
80' Asosiy vaqt yakunlanishiga 10 daqiqa qoldi
77' Ronaldu raqibni alday olmadi va to‘pni yo‘qotdi, bugun Krishtianu hozircha "o‘z so‘zini aytmadi"
76' Temp daxshatli darajaga chiqdi, haqiqiy final ko‘rmoqdamiz
75' Beylning zaxiradan tushib gol urishi uchun 122 soniya kifoya qilibdi
74' Ronalduuu! Birga-bir chiqib ketayotganida Robertson xavfni bartaraf etdi
74' "Liverpul" gol o‘tkazib yuborgach to‘liq ustunlikni qo‘lga olli, "Real" esa qarshi hujumlarda raqibni "jazolamoqchi"
71' Maneee! Uzoqdan zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi
69' Mane sal qolsa birga-bir vaziyatga chiqib ketar edi, Ramos qaytardi
68' Uchrashuv davom etadi, do‘stlar. Hozircha hisob 2:1
64' Goooool! Garet Beeeeyl! Qanday gol? Marselo chap qanotdan Beyl tomoni ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Uelslik yulduz "qaychi" uslubida xuddi Ronaldu singari gol kiritdi - 2:1
61' Zidan ilk o‘zgarishni amalga oshirdi. Isko o‘rniga Garet Beyl maydonga tushdi
60' Uchrashuvda kiritilgan gollarni Telegram messenjeridagi rasmiy sahifamiz orqali tomosha qilish imkoniga egasiz @sports_uz
59' "Real" to‘p nazoratini qo‘lga olishga intilyapti, "Liverpul" esa pressing qilmoqda
55' Gooool! Maneeee! "Livepul" burchak zarbasini amalga oshirdi. "Real" jarima maydonidagi pala-partishliklardan so‘ng Mane yaqin masofadan darvozani ishg‘ol etdi - 1:1
52' Ishoning, Karius yo‘q joydan o‘z jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi
51' Goool! Karim Benzemaaaa! Karius yosh bolalarcha xatolikka yo‘l qo‘ydi va Benzema hisobni ochdi - 1:0.
47' Isko "Liverpul" himoyasidagi pala-partishliklardan unumli foydalanib, yaqin masofadan zarba berdi. To‘p esa darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi
46' Ikkinchi bo‘lim start oldi
00:50 "Real" - "Liverpul". Birinchi bo‘limdan qaynoq fotogalereya
45+3' Birinchi bo‘lim o‘z nihoyasiga etdi, tanaffus
45+2' Benzema uzoqdan zarba yo‘lladi, noaniq
45' Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
44' Nachooo! Qanotdan uzatib berilgan to‘pni to‘xtatmasdan zarba berdi, biroz noaniq
43' Benzemaaaa qaytgan to‘pga zarba berib gol urdi, ammo, unga qadar Ronaldu ofsaydda qolgan ekan. Gol inobatga olinmadi
37' Yo‘q... Karvaxal ham jarohat olib maydonni tark etmoqda. Uning o‘rniga Nacho maydonga tushdi
35' Karvaxal ham jarohat oldi, uning ko‘zida yosh, yordam ko‘rsatilmoqda
33' Darvoqe, do‘stlar, Zidan 2017 yil "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi tarkibni bugun ham o‘ynatmoqda va bunaqasi turnir tarixida bo‘lmagan ekan
32' Saloh maydonni tark etdi va endi "Real" bosimni oshirmoqda
30' Yo‘q, afsus... Saloh o‘ynay olmaydi. Uning o‘rniga Adam Lallana maydonga tushirildi
28' "Liverpul" burchak zarbasiga ega bo‘ldi va Navasga nisbatan hujumda fol ishlatildi
26' Saloh maydonga qaytdi, elkasida og‘riq sezayotgani ko‘rinib turibdi
25' Saloh Ramos bilan yakkakurashda elkasidan jarohat oldi. Maydonda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
23' O‘xxx! Firmino yaqin masofadan zarba berdi, himoyachilar qaytardi. Qaytgan to‘pga Arnold zarba berdi, Navasdan superseyv
21' O‘yinning 21 daqiqasi ortda qoldi, bugun tezkor gol guvohi bo‘lmadik
17' Saloh to‘pni o‘yinga kiritdi va van Deyk ikkinchi qavatda g‘olib chiqib, zarba yo‘lladi, noaniq
16' Karvaxal to‘pni ortga, Ramosga qataraman deb xato qildi va burchak zarbasi "Liverpul"da
15' Ronaldu tezkor qarshi hujumdan so‘ng o‘ng qanotdan kirib kelib darvozaga zarba yo‘lladi, biroz yuqoridan ketdi...
15' Do‘stlar, "Liverpul" hozircha "Real"ga zarracha ham imkon qoldirmayapti
12 ' Dastlabki 10 daqiqada ustunlikni "qizillar"ga bergan "Real" asta-sekin to‘p nazoratini o‘zida ushlab turibdi
10' Marselo jarima maydoni tashqarisidan turib zarba berdi, noaniq
7' "Liverpul" dastlabki daqiqalardanoq o‘yinda ustunlik o‘z qo‘liga oldi
6' Mane birga-bir vaziyatga chiqib ketishiga bir baxya qoldi, Marselo to‘pni tepib yubordi
5' Milner hamda Saloh jarima zarbasini o‘ziga hos amalga oshirishga harakat qildi, himoyachilar havfni bartaraf etishdi
4' Marselo Salohni yiqitdi. Jarima zarbasi inglizlarda...
3' "Liverpul" to‘p nazoratini o‘zida ushlab turishga harakat qilmoqda
2' "Real"ning dastlabki xavfli hujumida Isko ofsaydda qolib ketdi
1' O‘yinni "qizillar" boshlab berishdi. "Real" bugun o‘zining oq, "Liverpul" esa qizil rangdagi libosda o‘ynashmoqda
23.45 Diqqat, o‘yin boshlandi!
23:43 Jamoalar EChL madhiyasi sadolari ostida maydonda saf tortishdi
23:40 Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari. Bir necha daqiqalardan so‘ng Kievdagi "Olimpiya" stadionida barchamiz orziqib kutgan final bahsi boshlanadi. Jamoalar maydonga chiqisha tayyorlar. Bizni kuzatishda davom eting.
EChL. Final
23.45 “Real” (Ispaniya) – “Liverpul” (Angliya) 3:1 #Tugadi
Gollar: Karim Benzema (51), Garet Beyl (64, 83) - Sado Mane (55)
“Real”: Navas, Karvaxal (Nacho 37), Ramos, Varan, Marselo, Kroos, Kazemiro, Modrich, Ronaldu, Benzema (Asensio 89), Isko (Beyl 61).
Zaxira: Kasilya, Teo, Vaskes, Kovachich.
"Liverpul": Karius, Aleksandr-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Xenderson, Milner (Jan 83), Veynaldum, Saloh (Lallana 30), Mane, Firmino.
Zaxira: Minole, Klayn, Klavan, Moreno, Solanke.
Fikrlar