
"Real" 20 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda
Argentinaning "River Pleyt" klubi yarim himoyachisi Eksekiel Palasios faoliyatini Ispaniya davom ettiradi.
TyC Sports nashrining xabar berishicha, 20 yoshli argentinalik futbolchi qishki transferlar chog‘ida “Real” Madrid a’zosiga aylanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eksekielning tovon puli 15 million evroga teng, biroq “qirollik klubi” ushbu futbolchining transferi uchun 20 mln evro to‘lashni rejalashtirmoqda.
Biroq, Palasios rasman “Real” a’zosiga aylansa ham madridliklar uni mavsum yakuniga qadar "River Pleyt"ga ijaraga berishadi.
Fikrlar