
Rasman! Paulinoning "Barsa"dagi sayohati yakunlandi, u yana "Guanjou"ga qaytdi (FOTO)
Braziliyalik yarim himoyachi Paulino yana “Guanchjou Evergrand” safiga qaytdi.
Xitoy klubi rasmiy sayti 29 yoshli futbolchining “Barselona”dan qaytganini e’lon qildi. Biroq, hozircha shartnoma bandlari oshkor etilmayapti. O‘z navbatida kataloniyaliklar ham ushbu transfer haqida og‘iz ochishmayapti.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Barselona” Paulinoni 50 mln evroga sotgan. Uning o‘zi esa xitoy klubida yiliga 14 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Paulino “Barselona” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam aynan “Guanchjou Evergrand”dan 40 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar