
Rasman! Lukas Podolski Yaponiya klubiga ko‘chib o‘tdi (Foto)
Turkiyaning “Galatasaroy” klub hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini Yaponiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Germaniyalik futbolchini J-liganing “Vissel Kobe” jamoasi o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda. Forvard ushbu jamoada 10-raqamda faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Vissel Kobe” ayni paytda Yaponiya chempionatida 23 ochko jamg‘argan holda 11-o‘rinda bormoqda. Fozil Musaev to‘p tepayotgan “Jubilo Ivata” esa 7-pog‘onani band etgan.
Fikrlar