Rasman! Inesta Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubiga o‘tdi (Foto)

  • 24 may, 2018, 13:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida davom ettirishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, ispaniyalik xavbek Yaponiya jamoasida o‘zining sevimli 8-raqamida to‘p tepishi oydinlashdi.  

Eslatib o‘tamiz, Inesta bugun Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu jamoani ayni damda “Barselona”ning titul homiysi hisoblangan Rakuten kompaniyasi moliyalashtiradi.

Ma’lumot uchun, “Vissel Kobe” klubida shuningdek, yana bir jahon chempioni – Lukash Podolski ham to‘p tepmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!