
Rasman! “Arsenal” 22 yoshli himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Kalum Chembers jamoa bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi. Bu haqda “to‘pchilar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Endi uning “Arsenal” bilan sharnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. 2014 yil “Sautgempton” safidan londonliklar safiga kelib qo‘shilgan Chembers bu jamoa safida 60 ta bahsda maydonga tushdi.
O‘tgan mavsum esa angliyalik futbolchi “Midlsbro”ga ijaraga berilgan edi.
Fikrlar