
Raneri "Fulxem"dan iste’foga chiqish arafasida
"Fulxem" klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri iste’foga chiqarilishga yaqin turibdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra londonliklar rahbariyati jamoaning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari tufayli 67 yoshli italiyalik mutaxassisni o‘z lavozimidan ozod etishni rejalashtirmoqdq. Uning o‘rnini esa "Deportivo", "Olimpiakos", "Betis" kabi jamoalarni boshqargan Viktor Sanches del Amo egallashi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Raneri “Fulxem”ni 2018 yilning 14 noyabridan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 15ta o‘yinda ishtirok etdi va ularda 3ta g‘alaba, 3ta durang va 9 mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa ayni damda 17 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar