
"Qo‘qon-1912" qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi?
Yangi mavsum oldidan "Qo‘qon-1912" tarkibida ham bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ko‘plab futbolchilar mavusm oldi yig‘inlarida ishtirok etishdi. Yakunda murabbiylar shtabiga harakatlari ma’qul kelgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi. Quyida "Qo‘qon-1912" jamoasiga yangi qo‘shilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishtiramiz.
1. Boyan Knejevich - darvozabon (Serbiya)
2. Milosh Nikolich - himoyachi (Serbiya)
3. Marko Milich - himoyachi (Serbiya)
4. Jasur Xasanov - himoyachi (Metallurg)
5. Javohir Esonqulov - yarim himoyachi (Metallurg)
6. Jamshid Hasanov - yarim himoyachi (AGMK)
7. Shahboz Erkinov -hujumchi (Buxoro)
8. Timur Xakimov - hujumchi (Neftchi)
9. Timur Usmonov -hujumchi (Lokomotiv)
Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" Superliganing ilk turini 10 mart kuni "Navbahor"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar