“Qo‘qon-1912” o‘rtoqlik o‘yinida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

  • 9 iyun, 2017, 20:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Chirchiq shahrida o‘quv-yig‘inini o‘tkazayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushishdi. TTYMI stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tganini aytib o‘tish joiz.

Tecno

Bugun qo‘qonliklar tarkibida jarohat sabab Aleksandr Merzlyakov maydonga tusha olmadi. Shuningdek. terma jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan Javohir Sidiqov va Murod Holmuhammedovlar ham bugungi bahsda ishtirok eta olishmadi.

O‘yinni vodiyliklar faol tarzda boshlashdi. Natijada 2-daqiqadayoq Rayevats juda qulay imkoniyatdan foydlana olmadi. Rahimovning o‘ng qanotdan oshirgan to‘pini Rayevats yaqin masofadan darvozaga to‘g‘ri yo‘llashni uddalolmadi.

16-daqiqada Hamidov-Akramov-Rahimov-Akramov kombinatsiyasi chiroyli chiqdi. So‘nggi zarba ham aniq bo‘ldi. Darvozabon o‘z o‘rnida.

21-daqiqada “Qizilqum” futbolchilari hisobni ochishdi. Gevorkyanning o‘ng qanotdan oshirgan pasini Otabek Zokirov Ribkin qo‘riqlayotgnan darvozaga joylab qo‘ydi.

Gol o‘tkazib yuborgach, qo‘qonliklar katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. 37-daqiqaga kelib bu o‘z samarasini berdi. Rayevats himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, Rahimovga qulay tarzda to‘pni uzatdi. «Kafu» esa zarbada adashmadi va hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim ham shiddatli tarzda boshlandi.

56-daqiqada Rayevatsga nisbatan qo‘pollik ishlatgan Fayzulla Qambarov hakam ikkinchi sariq va qizil kartochka ko‘rsatdi.  O‘rtoqlik o‘yini bo‘lgani uchun qizil olgan futbolchi o‘rniga boshqasi maydonga tushdi.

71-daqiqada navoyiliklar Ashurov qo‘riqlayotgan “Qo‘qon-1912” darvozasini ikkinchi marta ishg‘ol qilishdi. Fayzulla Qambarov o‘rniga maydonga tushgan Azamat Allaniyozov boshi bilan Aziz Ashurov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi.

So‘nggi daqiqalar o‘tib boratgan paytda No‘’mon Hasanov jamoasi hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Andrey Sidorov yaqin masofadan shunaqa kuchli zarba yo‘lladiki, go‘yo darvoza to‘ri yirtilib ketadigandek tuyuldi.

Shu tariqa, nazorat uchrashuvida durang natija qayd etildi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 2:2 (1:1)

Gollar: Ibrohim Rahimov(37), Andrey Sidorov(90)  – Otabek Zokirov(21), Azamat Allaniyozov(71).

«Qo‘qon-1912»: 13. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 8. Sobir Hamidov, 19. Suhrob Berdiev, 24. Ibrohim Rahimov, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 85. Ruslan Melziddinov, 99. Filip Rayevats.

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 21. Muzaffar Abdullaev, 9. Nosir Otaqo‘ziev, 17. Avazxon Mamatxo‘jaev, 25. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.

“Qizilqum”: Artem Makosin, Shukurali Po‘latov, Fayzulla Qambarov, Sherali Jo‘raev,

Zahira: G‘ayrat Jumaev, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, Otabek Zokirov, Vohid Shodiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!