Qatarda hakamlarni JCh-2022ga tayyorlash bo‘yicha FIFA seminari bo‘lib o‘tmoqda

  • 1 mart, 2019, 09:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Qatar mamlakatida 2022 yil o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga hakamlarni tayyorlashga qaratilgan FIFA seminari bo‘lib o‘tmoqda. Seminarga UEFA, OFK va Okeaniya Futbol Konfederatsiyasidan jami 21 nafar referi va 19 nafar VAR hakamlari taklif etilgan. 
 
Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022, shuningdek, U-17 va Polshadagi U-20  Jahon chempionatlarida ishlaydigan hakamlarni saralab olishdan iborat. Mazkur seminar 1 mart kuniga qadar davom etadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu seminarda hamyurtimiz Farhod Abdullaev instruktor sifatida ish olib bormoqda. 
 
Seminar instruktorlari: 
 
Xorxe Larrionda - Urugvay
Oskar Ruis - Kolumbiya
Subhiddin Solih - Malayziya
Farhod Abdullaev - O‘zbekiston
Valentin Ivanov - Rossiya
 
KONKAKAF, KONMEBOL va Afrika Futbol Konfederatsiyasi hakamlari uchun mo‘ljallangan FIFA seminari shu yilning 13-17 fevral kunlari bo‘lib o‘tganini ham ta’kidlash zarur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!