Pro-liga klublari yangi mavsum uchun futbolchilarini PFLda ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin

  • 27 fevral, 2019, 17:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu jarayon joriy yilning 7 mart sanasiga qadar davom etadi.

Tecno

Pepsi Superliga klublari allaqachon yangi o‘yinchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlab yuborishgan. Endilikda Pro-liga “A” guruhi hamda “B” guruhida ishtirok etadigan klublar ham o‘z futbolchi, murabbiy va jamoa rasmiylarini yangi mavsum uchun PFL Musobaqalarni o‘tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasida ro‘yxatidan o‘tkazishi mumkin.

Qayd etish joiz, 11 mart sanasidan e’tiboran PFL kubogi bellashuvlari start oladi. Mazkur kubokda g‘olib chiqqan jamoaga Pro-liga “A” guruhi uchun imtiyozli yo‘llanma taqdim etish rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!