
Poytaxtimizda faxriylar o‘rtasida shaxmat turniri boshlandi (foto)
Bugun ertalab soat 10:00 da mamlakat shaxmat federatsiyasi zalida 44 nafar faxriy dona surishga kirishdi. Respublikamizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan shaxmatchilar shveytsarcha uslubda 9 tur o‘ynaydi.
1-tur natijalariga ko‘ra, samarqandlik Murodulla Ibodullaev va toshkentlik Rustam Mamatqulov, Rabbim Munasibov (Jizzax) va Abduhakim Nazarov (Samarqand) partiyalarida durangga imzo chekildi. 20 shaxmatchi esa o‘z hisobiga g‘alabani muhrladi.
Musobaqa davom etmoqda.
Fikrlar