Povetkin Joshuaga qarshi jang oldidan ilk tayyorgarliklarni yakunladi

  • 11 avgust, 2018, 17:06
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasining WBO International va WBA Intercontinental kamarlari sohibi rossiyalik Aleksandr Povetkin ushbu vaznda WBA, IBF va WBO chempionlik titullari sohibi britaniyalik  Entoni Joshuaga qarshi jang uchun dastlabki tayyorgarliklarni yakunladi.

Tecno

Bu bokschilar o‘rtasidagi to‘qnashuv 22 sentyabr kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Joshua bilan bo‘ladigan jang oldidan dastlabki tayyorgarliklar yakunlandi. Yig‘in juda ajoyib o‘tdi va biz o‘z ishimizdan mamnunmiz. Qaysidir ma’noda o‘z maqsadimizga erishdik ham. Aleksandr – haqiqiy professional. U jiddiylikni va oldindagi jangning muhimligini yaxshi tushunadi, shuning uchun biz bunga munosib ishladik. Mening yig‘in natijalaridan ko‘nglim to‘ldi, – Povetkinning murabbiyi Ivan Kirp "Mir boksa" promouterlik kompaniyasi rasmiy saytiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!