Portugaliyaning "Portu" klubi yozda O‘zbekistonda futbol lageri tashkil etadi

  • 20 fevral, 2019, 20:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Shu kunlarda O‘FA mutasaddilari Evropa bo‘ylab safar uyushtirib, turli mamlakatlar futbol klublari bilan muzokaralar o‘tkayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Bugun San’at Sharipov va Sharofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning "Portu" klubiga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

U erda klub akademiyasi rahbari Mariya Teysheyra bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, futbolni ommalashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Muzokaralar natijasida joriy yilning yozida "Portu" klubi mamlakatimizda bolalar futbol lagerini tashkil etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Bu tijoriy loyiha bo‘lib, ma’lum miqdordagi mablag‘ evaziga bolalar yurtimizda tashkil etiladigan "Portu" klubi lagerida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Lager ishtirokchilari bilan "Portu" klubi akademiyasidan tashrif buyuradigan bolalar futboli murabbiylari turli master klasslar o‘tkazishadi. Shuningdek, ular uchun turli mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Lager ishtirokchilari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!