
Polvonlarimizdan yana bir ulkan g‘alaba
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida sohil kurashi bo‘yicha III Xalqaro chempionatida polvonlarimiz 6 oltin va 1 kumush medal bilan umumjamoa o‘rtasida birinchi bo‘ldi.
Sohil kurashi bo‘yicha xalqaro chempionatda qit’amizning 9 mamlakatidan kelgan polvonlar 15 vazn toifasida – erkaklar 66, 73, 81, 90, +90 kg vaznlarda, ayollar esa 52, 63, 78 kg + 78 kg og‘irlikda g‘oliblik uchun bellashdi.
Erkaklar o‘rtasidagi Umid Esonov, Temurxon To‘raev, Muhammadali Shamsiddinov va Bekzod Karimov o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Muxlisa Abdumalikova hamda Shohista Anorova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. O‘ta og‘ir vaznda Gulasal Haydarova kumush medal sohibasiga aylandi
Shu tariqa, Rizamat Soliev va Dilfuza Rahmatova boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakunda oltita oltin va bir kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Xalqaro turnir yakuniga ko‘ra Xitoy Taypeyi terma jamoasi a’zolari 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medal bilan ikkinchi, Janubiy Koreya terma jamoasi bittadan oltin va kumush, hamda to‘qqizta bronza medalini jamg‘argan holda uchinchi o‘rin bo‘ldi.
Fikrlar