
Pogba "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Angliya kubogi doirasida "Reding"ga qarshi kechadigan o‘yinni jarohati bois o‘tkazib yuborishi mumkin. Frantsiyalik futbolchi Premer-liganing 21-turi doirasida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi uchrashuvda Jonjon Shelvi bilan to‘qnashuvi natijasida kichik jarohat olgan edi.
"U ertangi o‘yinda ishtirok eta oladi deb o‘ylamayman. Pol kechagi jarohatdan so‘ng o‘zini u qadar yaxshi his qilmapyapti", - dedi "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher.
Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Reding" o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi.
Fikrlar