
Pogba "Manchester Yunayted"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Manchester Yunayted" klubi o‘zining o‘tgan dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Klub rasmiy saytida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra Pol Pogba 66% ovoz to‘plagan holda o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Frantsiyalik futbolchi bu borada Markus Reshford (28%) va Jessi Lingard (6%) kabi jamoadoshlarini ortda qoldirishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Pogba o‘tgan oy MYu safida jami 6ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar