
Podolski: Barchaga rahmat aytmoqchiman
Xabaringiz bor, kecha Germaniya va Angliya (1:0) terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsidan so‘ng “Galatasaroy” klubi forvardi Lukas Podolski o‘zining Bundestimdigi faoliyatini yakunladi. Tajribali futbolchi uchrashuvdan so‘ng o‘zini qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
“Germaniya terma jamoasidagi faoliyatim davomida meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Qolaversa, terma jamoada menga har tomondan o‘z yordamini berib kelgan mamlakat futbol ittifoqiga ham rahmat aytaman.
Bugun barchaga rahmat aytmoqchiman. Barcha germaniyaliklarga rahmat”, - deydi Podolski.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuv taqdirini aynan Podolskining goli hal qilgan edi.
Fikrlar