
Pirlo: Remzi "Yuventus"ni yanada kuchaytirishi mumkin
Italiyalik mashhur futbol yulduzi Andrea Pirlo “Arsenal” xavbeki Aaron Remzining “Yuventus”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Remzi “Yuventus” uchun ajoyib xaridlar bo‘lgan bo‘lardi. Turinliklar yana bir ajoyib transferni amalga oshirishga tayyorlanishmoqda.
Remzi – ajoyib futbolchi va u “Yuventus”ni yanada kuchaytirishi mumkin”, - deydi Pirlo.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli uelslik futbolchi uchun shuningdek PSJ ham jiddiy kurash olib bormoqda. Ular Remziga 1,5 yillik shartnoma taklif qilishdi.
Fikrlar