
Petra Kvitova ham g‘alaba qozonishni boshladi
Nyu-Xeyven shahrida "Premier" turkumiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasidagi "Connecticut Open" turnirida ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.
Unda germaniyalik Yuliya Gyorges ukrainalik Dayana Yastremskayani uch setda 6:4, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bir oz avval yakunlangan Petra Kvitova (Chexiya) – Zarina Diyas (Qozog‘iston) o‘yinida 6:1, 5:7, 6:2 hisobi qayd etildi.
Fikrlar