
Petra Kvitova bunday mag‘lub bo‘lishini kutmagan edi
Dunyoning sakkinchi raqamli tennischisi chexiyalik Petra Kvitova Monrealda o‘tayotgan turnirda kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.
Petra musobaqaning uchinchi davrasida gollandiyalik Kiki Bertensga 3:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Endi Kiki "Rogers Cup" turnirining chorak finalida avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar