
Petra Kvitova birinchi bo‘lib uchinchi davraga yo‘l oldi
"Rolan Garros" musobaqasida bugun to‘rtinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda va ushbu kun doirasida ayollar o‘rtasida turnirning uchinchi davrasi uchun bahslar o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ilk tennischi chexiyalik Petra Kvitova bo‘ldi. Petra ispaniyalik Lara Arruabarrena-Vesinoga qarsha bahsda 6:0 va 6:4 hisoblarida ustun keldi. Uning keyingi davradagi raqibi estoniyalik Anett Kontaveit bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar