Pepe Reyna faoliyatini "Milan"da davom ettiradi

  • 15 may, 2018, 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi darvozaboni Xose Pepe Reyna yozda jamoasini o‘zgartiradi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli ispaniyalik posbon faoliyatini "Milan"da davom ettiradi. Qayd etish lozimki Reyna “rossonerilar” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Reyna “Napoli” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida neapolliklar safida jami 138ta uchrashuvda ishtirok etgan va shularning 52tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!