"Paxtakor" "Qo‘qon-1912". Uchrashuv prevyusi

  • 12 oktabr, 2017, 11:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

14 oktyabr kuni "Paxtakor" Oliy liganing 24-turida Toshkentda "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi.

Mavsumni yaxshi o‘tkazayotgan qo‘qonliklar safida himoyachi Akmal Xolmurodov diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ushbu jamoa tarkibida "Paxtakor"ning bir qator sobiq a’zolari maydonga tushishlari mumkin.

Oliy liga tarixida klublar 23 bor to‘qnash kelishgan. 13 bellashuvda "Paxtakor" zafar quchgan. 5 tadan uchrashuv durang va raqibning g‘alabasi bilan tugagan. 65 to‘p kiritgan "Paxtakor" o‘z darvozasidan 35 gol o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi oxirgi 8 o‘yinda "sherlar" ustun kelgan. Qo‘qonliklarning safardagi yagona g‘alabasi 1994 yilda kuzatilgan. "Sherlar" hisobida o‘z maydonida 10 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat mavjud.

Bellashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishi ma’lum qilindi. U hozirgacha oliy ligada "Paxtakor" ishtirokidagi 12 uchrashuvda hakamlik qilgan. Toshkentliklar shulardan 8 tasida zafar quchgan, bir marta durang o‘ynagan va 3 bor mag‘lubiyatga uchragan. Joriy mavsum "So‘g‘diyona", "Buxoro" va "Metallurg"ga qarshi o‘tgan o‘yinlarni Agishev boshqargan. Har uch bellashuv "Paxtakor" g‘alabasi bilan yakunlangan.

"PAXTAKOR" - "QO‘QON-1912"

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Nabir Ro‘zimov (Toshkent), Bahodir Bahromov (Toshkent), Asker Najafaliev (Toshkent).

Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).

O‘zPFL vakili: Grigoriy Rtveladze.

Yoshlar tarkiblari uchrashuvi 13 oktyabr, juma kuni "Jar" stadioni kichik maydonida 15:00da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini "Paxtakor" stadionida 14 oktyabr kuni 17:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!