Paulo Dibalaning «Yuventus»dagi o‘rni so‘roq ostida?

  • 28 sentabr, 2018, 15:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘tgan yakshanba kuni Paulo Dibala «Frozinone»ga qarshi A Seriya doirasida qatorasiga ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu mavsumda to‘rt uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi 480 daqiqa o‘ynashga ulgurgan. Uning o‘yini navbatdagi bor barchaning e’tibor markazida bo‘ldi. Hujumchi ayni vaqtda o‘yindan keyin uni himoya qilib chiqqan Jorjo Kelliniga suyanishi mumkin. «U ajoyib o‘ynadi. U bizni ruxlantirdi. Bunday munosabat biz uchun muhim. U biz uchun asosiy futbolchidir» – degan «keksa sinora» himoyachisi. Bu ehtimol murabbiyga qaratilgan fikrdir. Boisi mavsum boshidan beri Allegri Dibaladan ko‘ra Duglas Kosta yoki Bernardeskiga ishonch bildirmoqda. So‘nggi futbolchi «byankonerilar»ning to‘rt kishilik himoyasidan ham o‘rin olishi mumkin.

Muammo ruxiyatdami?

Ruxiyat ba’zi futbolchilarni qiynab keladigan azaliy faktor. Bundan Paulo Dibala ham sug‘urtalanmagani aniq. Yozda Krishtianu Ronalduning katta shov-shuv ko‘tarib Turinga ko‘chib o‘tganini ko‘rgan Dibala oson bo‘lmagan mavsumni boshidan kechirishi va «Yuventus»ning o‘yini bundan buyog‘iga portugaliyalik super yulduz atrofida qurilishini o‘zicha taxmin qilgan bo‘lishi mumkin. Murabbiynin so‘nggi gaplari va qarorlari futbolchi atrofida qiyin vaziyat paydo bo‘lishi mumkinligiga sha’ma qildi. «Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishingiz mumkin, agarda 100 % ruxan tayyor bo‘lmasangiz, boshqalar bunga tezroq erishadi.» Chempionlar Ligasi doirasida «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda Xediraning jarohati borligi va kamiga Ronalduning qizil kartochka olib maydonni tark etishiga qaramay Dibala bir daqiqa ham o‘ynamadi. Allegriga ko‘ra Dibala jamoaga etakchi bo‘lishga hali to‘liq tayyor emas.

Terma jamoada ham ishlar ko‘ngildagidek emas

Argentina bilan Jahon Chempionatidagi ishtirok ham Dibala uchun tatimadi. U musobaqada zaxiradan maydonga tushuvchi vazifasini bajardi. Messining soyasida qolib ketishga majbur hujumchi klubdagi omadsizligi sabab termada ham aziyat chekayotgandir. Sampaolining ketishi va yangi bosh murabbiy etib Skalonining kelishi «Yuventus» hujumchisining ahvolini o‘zgartirishi kutilgan edi. Biroq Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda u yana zaxira o‘rindig‘idan joy egalladi. Yangi murabbiy turli gap-so‘zlarga darhol nuqta qo‘ydi. «Dibala bilan munosabatlarim a’lo darajada. Menda u bilan muammo bor deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz. Bu shunchaki gap-so‘zlar, xolos.» Argentina termasidagi ishonchni qayta qozonishi mumkin, afsuski hozirgi vaziyatda buning sira iloji yo‘qdek.

Balki u klubdan ketishni maqsad qilgandir?

Yozgi transfer bozorida Paulo Dibalaning ketishi haqidagi gap-so‘zlar bolalagan edi. Garchi u klubda qolgan bo‘lsada, «Barselona» va «Real Madrid»ning Italiyada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchiga qiziqish bildirayotgani to‘g‘risidagi gap-so‘zlar tinganicha yo‘q. Ammo La Gazzetta dello Sport ga yaqinda bergan intervyusida «Yuventus»ning 10-raqam egasi klub uchun borini berishga tayyorligini bildirdi: «Mavsumni o‘tgan yilgi yoki 2016-yildagidek boshlamaganimni tan olaman. Bir narsa aniq: Men Turinga yanada ko‘proq ishlash va o‘z o‘rnimni qaytarib olishni istayman.»

Bernardeski Dibaladan afzalroqmi?

Samarasiz ko‘rsatkichlaridan keyin mavsum boshidan beri ikki gol urgan Bernardeskidan ham ahamiyatsizroqqa aylanib qoldi. Italiyalik hujumchi klub ixtiyorida Dibaladan oldin o‘rin oladigandek ko‘rinmoqda. «Bernardesi ruxan o‘zgardi, u buyuk klubda bo‘lish nima ekanligini tushunib etdi. U har kuni yanada yaxshiroq bo‘lishni maqsad qilgan va uning qilayotgan ishlari tahsinga sazovor.» Italiya chempionatida Duglas Kostaning navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborish, Krishtianu Ronalduning Chempionlar Ligasidagi diskvalifikatsiyasi tufayli Paulo Dibala o‘zini ko‘rsatish uchun qulay imkoniyatga ega. O‘zini ko‘rsatish navbati endi uniki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!