Park Xang Seo: 2018 yil Vetnam uchun ajoyib yil bo‘ldi va ishonchimiz yanada ortdi

  • 8 yanvar, 2019, 01:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Guruhimizda uchta kuchli jamoa yig‘ilgan. Shunday bo‘lsada, biz ijobiy natijaga erishish uchun ishlashda davom etamiz, - deya so‘z boshladi Janubiy koreyalik mutaxassis.

Tecno

2018 yilda vetnamliklar uchun omadli keldi, olimpiya termasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida kechgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib bordi. Yozda Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida esa 4-o‘rinni egalladi. Shuningdek bosh jamoa ham Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi.

Shubhasiz 2018 yil biz uchun ajoyib yil bo‘ldi. Jamoamning o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda ham yuqori. Vetnam xalqi ham futbolchilarimdan ko‘p narsa kutishmoqda. Bu bizga ishonch va o‘ziga xos bosimni ham beradi.

Ammo Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatidan so‘ng biz juda ko‘p ishladik. Biz bor e’tiborni Osiyo kubogiga qaratganmiz hamda futbolchilarda ham motivatsiya yuqori.

Iroq ham Eron va Yaman singari bizga muammo bo‘ladi, ularning barchasi yaxshi saviyadagi jamoalar, lekin biz ham Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilamiz", - dedi Park Xang Seo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!