
PSJ bugun yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qiladi
Frantsiyaning PSJ klubi bugun o‘zining yangi bosh murabbiyini rasman ommaga e’lon qiladi. Bu haqda Süddeutsche Zeitung xabar bermoqda.
Unga ko‘ra Unai Emerining "Park de Prens"dagi o‘rnini Tomas Tuxel egallaydi. Xabarlarga qaraganda parijliklar 44 yoshli nemis mutaxassisi bilan ikki yillik shartnoma imzolashadi. Agar natijalar qoniqarli bo‘lsa tomonlar ushbu kelishuvni yana uzaytirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tuxelning so‘nggi ish joyi Dortmundning “Borussiya” klubi bo‘lgan edi. Emeri esa joriy mavsum Frantsiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Fikrlar