
O‘zil: Muxlislarimizga g‘alaba kerak
Londonning “Arsenal” klubi etakchilaridan biri Mesut O‘zil Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“G‘alaba siri bu – o‘z kuchiga ishonish. Biz bir-birimizni maydonda qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, shundagina ruhan kuchli bo‘lamiz. Bu mavsumda faqat bitta sovrinni qo‘lga kiritishimiz mumkin va biz buni qilishimiz shart. Chunki, muxlislarimizga g‘alaba kerak.
Bu yo‘lda huddi biz kabi ushbu sovrinni qo‘lga kiritishga bel bog‘lagan jamoani mag‘lubiyatga uchratishimiz kerak”, - deydi germaniyalik futbolchi A Bola nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari bahsi 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar