O‘zbekistonlik sportchilar greppling bo‘yicha Almata va Dushanbedagi turnirlarda qatnashadi

CHERY AUTO

Joriy yilning 14 oktyabr kuni Qozog‘istonning Almata shahrida greppling sport turining ADCC yo‘nalishi bo‘yicha "KUZ Open" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Unda Toshkentdagi "Senna Fight Academy" klubining 7 nafar a’zosi ishtirok etadi. Rizo Safarov boshchiligidagi terma jamoa safidan aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Sirojiddin Eshonboev, Shamsuddin Husniddinov, Abdufarruh G‘ofarov, Rashid Bogatiryov, Aleksandr Li, Xarun Madinov o‘rin olishgan.

Shuningdek, ushbu klub a’zolari 21 oktyabr kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida "Tadjikistan National Pro" reyting turnirida ham qatnashadi. Unda O‘zbekistondan 22 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Tarkib keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: Greppling - o‘z ichiga deyarli barcha kurashlarni oladigan jang san’ati. Kurashning bu turi asosini sambo, dzyudo, erkin kurash va Braziliya jiu-jitsu’si tashkil qiladi. Grepplingda jismoniy kuch katta ahamiyat kasb etmaydi, asosan sportchining texnik mahorati muhim ahamiyatga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!