O‘zbekistonlik atletlar Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 14 ta medalni qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

 

Tecno

Xabaringiz bor, ayni kunlarda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, Nepalning Katmandu shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning ikkinchi kunida hamyurtlarimiz jami 14 medalni qo‘lga kiritishdi. Ulardan 8 tasi oltin, 3 tasi kumush va 3 tasi bronza medali bo‘ldi.

Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasining birinchi kungi natijalari

Quyida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati 26 iyul kungi natijalar bilan tanishishingiz mumkin:

Kumushxon Fayzullayeva Navoiy viloyati vakili 63 kg vazn toifasidagi qizlar o‘rtasidagi baxslarda dast ko‘tarishda 82 kg, siltab ko‘tarishda 115 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, ikki kurashda 197 kg jamg‘ardi va 2 ta oltin, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kritdi.

Tursunoy Jabborova Qashqadaryo viloyati vakili  69 kg vazn toifasidagi qizlar o‘rtasidagi musobaqada qatnashib,  dast ko‘tarishda 88 kg, siltab ko‘tarishda 109 kg, ikki kurashda 197 kg natija qayt etib, 3 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

69 kg vazn toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida Muxammadqodir Toshtemirov Farg‘ona viloyati vakili  dast ko‘tarishda 126 kg, siltab ko‘tarishda 144 kg,  ikki kurashda 270 kg natija qayt etib, bronza medaliga ega bo‘ldi.

Gulnoza Ahmadova Navoiy viloyati vakili 75 kg vazn toifasida qizlar o‘rtasida dast ko‘tarish 91 kg, siltab ko‘tarishda 109 kg, ikki kurashda 200 kg natija bilan 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi va Osiyo chempioniga aylandi.

Toshkent viloyati vakili Sarvar Toshtemirov 69 kg vazin toifasida, dast ko‘tarida 140 kg, siltab ko‘tarishda 164 kgni o‘ziga bo‘ysundirdi va ikki kurashda 304 kg jamg‘arib, 3 ta oltin medal sohibi bo‘ldi. Yuqoridagi natijasi bilan u 69 kg vazin toifasida tensiz deb topildi.

Shodmonoy Ochilova Qashqadaryo viloyatidan 75 kg dan yuqori vazinli qizlar o‘rtasida ikki kurashda 186 kg jamlab, kuchli uchlikka kirishga muvaffaqt bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!